O‘zbekistonda diniy materiallar va taqiqlangan profillarni tekshiruvchi Telegram bot ishga tushirildi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi diniy materiallar, taqiqlangan profillar hamda ekstremistik tashkilotlarni tekshirish imkonini beruvchi “Xavfsiz bot” Telegram platformasini ishga tushirdi.