O‘zbekistonda 2028-yilgacha 14 ta hududda 100 gektardan kam bo‘lmagan botanika va dendrologiya bog‘lari tashkil etiladi
Qoraqalpog‘iston, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida maydoni 100 gektardan kam bo‘lmagan botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil etiladi. Poytaxtda 108 gektarli Milliy dendrologiya bog‘i barpo etiladi. Bog‘ning markaziy qismida 1 gektarlik sun’iy ko‘l va uning atrofida sakura bog‘i tashkil qilinadi.