So‘xda turizmni rivojlantirish uchun $60 mln jalb qilish rejalashtirilmoqda
Farg‘onaning So‘x tumani turizm sohasiga $60 mln sarmoya kiritish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, So‘x daryosi bo‘yida reabilitatsiya va fizioterapiya yo‘nalishidagi tibbiyot klasteri, turizm maskanlari barpo etish taklif qilindi. Tumanda za’faron yetishtirish va forel baliqlarini ko‘paytirish ham rejalashtirilgan.