OTB Osiyoda energiya tarmoqlari va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga 70 mlrd dollar ajratadi
OTB Samarqandda 2035-yilgacha 70 mlrd dollarlik ikki tashabbus boshlanganini e’lon qildi. Mablag‘lar energiya tizimlarini birlashtirish, transchegaraviy elektr savdosini rivojlantirish, raqamli koridorlar, data markazlar va mintaqada internetdan foydalanishni kengaytirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.