PFL Yandex Uzbekistan bilan hamkorlik boshladi: Superliga o‘yinlari Kinopoisk va Allplay`da, Yandex Proliga titul homiysi bo‘ldi
PFL va Yandex Uzbekistan hamkorlik kelishuvini imzoladi. Endi milliy chempionat o‘yinlari Kinopoisk va Allplay platformalarida ham translyatsiya qilinadi. Superliga o‘yinlari Rossiya, Qozog‘iston va Belarus hududida translyatsiya qilinadi. Shuningdek, Yandex Uzbekistan Proliga titul homiysiga aylandi.