Apple, Meta, Google va boshqa xorijiy kompaniyalar 2025-yilda O‘zbekistonda 181 mlrd so‘m soliq to‘ladi
2025-yilda O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 78 ta xorijiy kompaniya 181,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu 2024-yilga nisbatan 50 foizga ko‘p. Asosiy tushumlar Apple, Meta, Google va OpenAI kabi 10 ta kompaniya hissasiga to‘g‘ri keldi. Xorijiy kompaniyalar soni bir yilda 15 taga oshdi.