Chevrolet ulushi kamaydi, BYD va KIA’da o‘sish. O‘zbekistonda 2025-yilda avtomobil ishlab chiqarish qanday o‘zgardi?
2025-yilda O‘zbekistonda 457,9 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi, bu avvalgi yildan 6,7% ko‘p. Umumiy o‘sishga qaramay, Cobalt, Damas va Onix kabi ommaviy modellarni ishlab chiqarish kamaydi. Chevrolet’ning bozor ulushi 83,2% gacha pasaydi, Xitoy va boshqa brendlarda esa bir necha karra o‘sish kuzatildi.