O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun yumshatildi. Bu orqali Apple Pay va Google Pay xizmatlarini ishga tushirish mumkin
Prezident shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq, uni mamlakat tashqarisida qayta ishlashga ruxsat beruvchi tuzatishlarni imzoladi. Bu Apple Pay, Google Pay va PayPal tizimlari uchun yo‘l ochishi mumkin. Faqat ma’lumotlarning ayrimlari mamlakat ichida lokalizatsiya qilinishi mumkin.