Shveysariya O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 mln dollardan ortiq grant ajratadi
Shveysariya 2026−2029-yillarda O‘zbekistonga $20 mlndan ortiq grant ajratadi. Ular suv va energetika loyihalari, iqtisodiyot va davlat boshqaruvini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Boshqa mamlakatlarga yordam berish Shveysariyaning konstitutsiyaviy majburiyati. Bu yordam doim grant shaklida, dedi mamlakat elchisi.