Qo‘qonda 90 ming dollar qarzni tovlamachilik bilan 842 ming dollar qilib qaytarib olmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Farg‘ona viloyatida qarzdordan 90 ming dollarni, 842 ming dollar qilib qaytarishni talab qilgan ikki kishi qo‘lga olindi. Ular sovuq qurol bilan qarzdor ayolning o‘zi, oila a’zolariga zarar yetkazish bilan qo‘rqitib, muntazam pul undirib kelgan.