O‘zbekiston JCh-2026 o‘yinlaridagi ishtirok uchun kamida 10,5 mln dollar oladi
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbol terma jamoalari uchun moliyaviy to‘lovlarni tasdiqladi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 727 mln dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston ham boshqa davlatlar kabi eng kamida 10,5 mln dollar oladi.