Poytaxtda eng ko‘p YTHlar taxminan 17:00—18:00 oralig‘ida sodir bo‘ladi — MHTI
MHTI tahlillariga ko‘ra, Toshkent shahrida bir sutkada o‘rtacha 22,2 ta YTH qayd etiladi. Eng ko‘p YTHlar kechki tig‘iz payt — soat 17:00—18:00 atrofida sodir etiladi va 22:00 gacha bu ko‘rsaktich yuqori saqlanib qoladi. Soat 08:00—17:00 oralig‘ida ham YTHlar ko‘rsatkichi o‘rtachadan yuqori.